"Ordabasi" durang qayd etgan uchrashuvda legionerimiz to‘liq o‘ynadi va...
Qozog‘iston chempionatida navbatdagi tur bahslari o‘tkazildi. Hamyurtimiz Odil Abdumajidov to‘p surayotgan “Ordabasi” klubi 6-turda safarda “Turon”ga qarshi bahs olib bordi.
Mazkur uchrashuvda darvozalar ishg‘ol etilmadi – 0:0. Abdumajidov esa kutilganidek asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.
Shuningdek, 78-daqiqada hakam legionerimizga sariq kartochka ham ko‘rsatdi. "Turon" futbolchisi Maksim Fedin 70-daqiqada qizil kartochka tufayli maydonni erta tark etdi. Lekin shunga qaramay, "Ordabasi" maydondagi ustunlikdan foydalana olmadi.
“Ordabasi” klubi 6 ta o‘yindan so‘ng, 8 ochko jamg‘arib 6-o‘rinda boryapti. G‘alaba, durang va mag‘lubiyati mos ravishda ikkitadan tashkil qilmoqda.
Abdumajidov murabbiylarning to‘liq ishonchini qozongan holda barcha o‘yinlarda muntazam ravishda ishtirok etib kelayotgani biz uchun quvonarli.



Fikrlar