O‘q otish bo‘yicha musobaqada g‘oliblar aniqlandi

CHERY AUTO

“9 may Xotira va qadrlash kuni” oldidan Qashqadaryo viloyatida ham havoli miltiqdan o‘q otish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Tecno

G‘oliblik uchun keskin o‘tgan musobaqa natijalariga ko‘ra, VP 1 mashqi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Rashid Jalilov birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Keyingi o‘rinlarni Akmal Egamberdiev va Shaxzod Qo‘ziboev band etishdi.

 Qizlar o‘rtasida bellashuvlarda Sabrina Yo‘ldashevaga teng keladigan topilmadi. Marjona Yo‘ldasheva ikkinchi va Yulduz Jabborova uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

oq otish

Musobaqa yakunida sportchilar ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Yakkabog‘ tumanida yashovchi Shukur bobo Xushvaqtov bilan uchrashishdi.  Uch avlod uchrashuvida ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘zbek xalqining matonati, o‘zbek o‘g‘lonlarining jasorati yodga olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!