O‘q otish. 6 nafar hamyurtimiz xalqaro turnirda shohsupaga ko‘tarildi

  • 28 oktabr, 2024, 21:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

20-28 oktyabr kunlari qo‘shni Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi. 6 mamlakatdan 190 nafar mergan qatnashgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Tecno

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda, musobaqada quyidagi sportchilarimiz g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi:

Oltin medal:
Vladimir Svechnikov (10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish, kattalar)

Kumush medal: 
Dilafro‘z Qobiljonova (10 metrdan pnevmatik miltiqdan otish, yoshlar)

Bronza medal: 
Javohir Sohibov (10 metrdan pnevmatik miltiqdan otish, kattalar)
Dilafro‘z Qobiljonova (10 metrdan pnevmatik miltiqdan otish, kattalar)
Ilhombek Obidjonov (10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish, yoshlar)
Iroda Azimboeva (10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish, yoshlar)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!