
"Opta" taxminlariga ko‘ra La Ligada qaysi jamoa chempion bo‘ladi?
"Opta" tahlillariga ko‘ra, "Barselona" La Liga chempionligini qo‘lga kiritadi.
Portalning ma’lum qilishicha "ko‘k-anorranglilar" g‘oliblik uchun eng kuchli nomzod sanalmoqda. Kataloniya jamoasining yakuniy g‘alabaga erishish ehtimoli 87,07 foiz deb baholanmoqda.
"Real Madrid"ning g‘olib chiqish imkoniyati 12,89 foizni tashkil etgan bo‘lsa, "Atletiko"niki 0,04 foiz deya baholanmoqda.
Ayni paytda "Barselona" 33 ta o‘yinda 76 ochko to‘plab, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda "Real" (72 ochko), uchinchi o‘rinda esa "Atletiko" (66 ochko) bormoqda.
Fikrlar