"Omadli taqvim": Dastlabki son (video+matnli translyatsiya)

CHERY AUTO

Assalomu alaykum qadrli SPORTS.uz sayti kuzatuvchilari. Bugun SPORTS.uz`da “Omadli taqvim” deya nomlangan o‘yinining ilk soni o‘ynaladi. Ushbu o‘yin SPORTS.uz sayti tomonidan taqdim etiladi. Mazkur sahifa orqali ushbu jarayondan amalga oshiriladigan onlayn video hamda matnli translyatsiyalarni kuzatib borish imkoniga egasiz.

Tecno

16:18 O‘yinga oid qolgan ma’lumotlarni SPORTS.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin. Qolaversa, doim ushbu sayt va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib borishingiz darkor. Sababi o‘yinga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, yangiliklardan xabardor bo‘lib borasiz.

16:16 Kelgusi hafta aynan juma kuni ham biz yana jonli efirga chiqamiz va g‘oliblarni aniqlashga harakat qilamiz

16:15 Afsuski, bugungi o‘yinimizda g‘olib aniqlanmadi. Shunday bo‘lsada, ishtirokchilarimiz kayfiyatni tushirmasalar ham bo‘ladi. Boisi, kelgusi haftada mazkur sovrinlar soni yanada ortadi!

16:15 Demak beshinchi raqamimiz 9, so‘nggi raqam esa 21

16:14 To‘rtinchi raqam 35. To‘rtta raqamni ham topib oldik va endi navbat hal qiluvchi raqamlar boshlanadi

16:13 Uchinchi raqamni aniqlash uchun esa yana raqamlar generatoriga murojaat qilamiz. Demak uchinchi raqam 34. Mazkur uchta sonni topgan ishtirokchilarimiz soni keskin kamaydi

16:13  Ikkinchi raqam 36. 112 nafar ishtirokchimiz 28 va 36 sonlarini to‘g‘ri topishgan

16:12 Demak, dastlabki raqam 28

16:11 Endi esa o‘yinimizni boshlasak ham bo‘ladi nazarimda. Bizni kuzatib turganlar kutib qolishdi. Demak, diqqat qilamiz o‘yin boshlandi. O‘yinda g‘olibni aniqlash uchun bizga raqamlar generatori yordam beradi. Aynan generator orqali raqamlarni aniqlab olamiz.

16:10 Mana ko‘rib turganingizdek qimmatbaho sovg‘alar sizni kutmoqda. Agar auditoriya yanada kengaysa, sovg‘alarimizning miqdori va sifati yanada yiriklashishi mumkin. Bularning barchasi sizlarga bog‘liq.

16:08  Qolaversa, doim ushbu sayt va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib borishingiz darkor. Sababi o‘yinga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, yangiliklardan xabardor bo‘lib borasiz.

16:07 O‘yinning 3 tadan ortiq g‘oliblariga sovg‘ani tengidan pul miqdorida taqsimlab beriladi. O‘yinga oid qolgan ma’lumotlarni SPORTS.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin. 

16:06 Agar bugun o‘yinimizda g‘olib aniqlanmasa, ko‘rib turgan sovg‘alaringizdan biri Iphone X oldiga qo‘shiladi va keyingi o‘yinimizda o‘ynaladi. 

16:05 5 ta raqamni to‘g‘ri topganga xiyomi telefoni, agar barcha raqamlar to‘g‘ri kelsa Iphone X telefonini yutib olishingiz mumkin. 

16:02 Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yin sports.uz sayti tomonidan taqdim etilmoqda va o‘yinni saytimiz orqali jonli efirda kuzatib borish imkoniyaga egasiz. 

16:01 Bugun o‘yinimizning ilk sonini sizlarga taqdim etmoqdamiz. Shunday ekan bizga yuborgan smsdagi raqamlarga bir bor ko‘z tashlab qo‘ying va bizni diqqat bilan kuzatib borishingiz kerak bo‘ladi. 

16:00 Ushbu o‘yinning boshqa o‘yinlardan ustun jihatlari bor. Birinchisi, sms mutlaqo bepul. Ikkinchisi, esa o‘yin jonli efirda namoyish etiladi. O‘yin yozib olingan holda emas, montaj qilinmaydi. Barchasi boricha ko‘rsatiladi. Menimcha, bu eng muhim jihat. Shunday ekan O‘zbekistonda yagona bo‘lgan o‘yinda ishtirok etishga shoshiling. 

15:59 Buning uchun qaergadir borib kupon to‘ldirmaysiz, qopqoq ham yig‘ib yurmaysiz. Shunchaki 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlardan 6 tasini tanlab oling, R harfi bilan tanlangan raqamlarni “Beeline” va “Ucell” abonentlari 5454 qisqa raqamiga, “Uzmobile” abonentlari 1424 qisqa raqamiga, “UMS” kompaniyasi foydalanuvchilari esa 77777 qisqa raqamiga sms tarzida jo‘natishingiz va o‘yinimizda ishtirok etishingiz mumkin.

15:54 Hali bunaqasi bo‘lmagan. Chunki o‘yinimizda ishtirok etish mutlaqo bepul. Siz aynan bepul sms evaziga Iphone X, noutbuk, muzlatkich, televizor, Xiaomi va boshqa qimmatbaho sovg‘alardan birini qo‘lga kiritishingiz mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!