
Olti yildan so‘ng Argentina yana etakchi
FIFA milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, jadvalda Argentina peshqadamga aylandi. Olti yildan so‘ng "Albiseleste" yana reytingni boshqarmoqda. Ya’ni Argentina so‘nggi marotaba FIFA reytingida 2017 yilda peshqadam bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya 2-pog‘onani band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Braziliya yakun yasagan.
Fikrlar