
Olmo va Viktor masalasida "Barselona" uchun navbatdagi "zarba"
"Barselona" futbolchilari Dani Olmo hamda Pau Viktor klub ayrim normalarni bajarmagani bois 1 yanvardan La Ligada ro‘yxatdan o‘chirilgandi.
O‘z navbatida, Olmoning shartnoma shartlari klub futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishni uddalay olmasa, Olmo erkin agentga aylanish huquqiga ega. Biroq so‘nggi xabarlarga qaraganda, Dani "Barselona"da qolmoqchi.
Bugun tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Olmo hamda Viktor EChLda ham o‘ynay olmasligi mumkin. Bu haqda "SPORT" nashri xabar berdi.
Ta’kidlash kerak, "Barselona" yozda Olmoni 55 million evro evaziga "Leyptsig"dan xarid qilingandi. Agar futbolchi erkin agentga aylanish istagini bildirgan taqdirda, klub 55 million evroga "ko‘yadi", shuningdek, uning 2030 yilgacha bo‘lgan maoshini to‘lab berishga ham majbur.
Fikrlar