
Olmo: "Bahsning dastlabki daqiqalarida nazoratni qo‘ldan boy beryapmiz"
Dani Olmo "Barselona" uchun o‘yinlar boshida diqqatni jamlashning qay darajada muhimligi haqida fikr bildirdi.
Xans-Diter Flik murabbiyligidagi jamoa "El-Klasiko"da "Real"ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Biroq, kataloniyaliklar birinchi taym 15 daqiqasida 2 ta gol o‘tkazib yubordi.
- Dastlabki daqiqalarda vaziyatni biroz yaxshiroq nazorat qilishimiz kerak, sababi o‘tgan o‘yinlarda ko‘p gol o‘tkazib yubordik.
Biroq, biz o‘yinga qayta olyapmiz. Hujumdagi kuchimiz darajasini tushunamiz, lekin ba’zida vaziyatni ko‘proq nazorat qilishimiz lozim.
Shunga qaramay, har bir o‘yinda dastlabki bir-ikki golni o‘tkazib yuborishimiz mumkin emas. Bu vaziyat ustida ishlashimiz kerak. Biz g‘alaba uchun juda xursandmiz - bu juda muhim o‘yin edi, - dedi "Barselona" yarim himoyachisi.
Fikrlar