Olmasak bo‘lmaydi! Alonso “Real” orzusidagi futbolchini topdi

  • 6 noyabr, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik mashhur futbolchi Toni Kroos 2024 yilning yozida faoliyatini yakunlaganidan keyin “Real” hozirgacha uning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi topa olgani yo‘q.

Tecno

Jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Xabi Alonso Kroos darajasidagi o‘yinchi Angliya Premer-ligasida o‘ynayotganini ma’lum qildi.

- Xabi Alonso”Real” uchun “yangi Toni Kroos”ni topdi va bu transferni amalga oshirishni talab qilyapti. “Kristal Pelas”ning angliyalik yarim himoyachisi Adam Uorton kelasi yoz Madridga olib kelinishi kutilyapti, - deb yozdi El Nacional nashri.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchiga Xabi Alonsoning o‘zi shaxsan qiziqish bildirgan. “Qirollik klubi” bu o‘yinchi uchun 60 million evro to‘lashga tayyor ekani aytilmoqda.

Adam Uorton aslida “Blekbern” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Kristal Pelas” uni 2024 yilning yozida 21 million evroga transfer qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!