
Olimpiyachilarga har medal uchun qancha mukofot puli beriladi?
Yozgi Olimpiya o‘yinlarida Frantsiya sharafini himoya qilayotgan mezbon sportchilar musobaqadagi medallar uchun qancha mukofot puli olishi ma’lum bo‘ldi.
RMC Sport nashrining yozishicha, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqqan frantsiyalik sportilarga 80 ming evro mukofot puli beriladi. Shuningdek, har bir kumush medal uchun 40 ming, bronza medalga 20 ming evro miqdorida mablag‘ ajratilgan.
Agar bir sportchi bir necha marotaba shohsupasiga ko‘tarilsa, shunga yarasha mukofot puli oladi.
Masalan, frantsiyalik suzuvchi Leon Marshan Olimpiya o‘yinlarida to‘rtta oltin va bitta bronza, jami beshta medalni qo‘lga kiritdi. Endi unga 340 ming evro miqdorida mukofot pul beriladi.
Fikrlar