
"Olimpik" ustozi: "O‘ylashimcha, bitta g‘alaba bilan savolni yopa olmaymiz"
Superligada 21-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Olimpik" o‘z maydonida "Qizilqum" klubini qabul qildi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Birinchi navbatda yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman. Yigitlar bor kuchini sarfladi. Bugun "Olimpik"ning asl uslubidan chekinib, taktikani o‘zgartirdik. Bizga natija juda ham muhim edi. O‘ylaganimiz ish berdi.
- Uzoq muddatli g‘alabasiz seriyadan so‘ng 3 ochko qo‘lga kiritildi. Bu futbolchilarga ijobiy ta’sir qiladimi?
- Albatta, har qanday g‘alaba jamoaga yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. Avvalgi o‘yinlarda ham biz yomon to‘p tepmaganmiz, ammo g‘alaba ruhi etishmagan edi. Shogirdlarim o‘z kuchiga ishonishni boshladi. Aynan shu g‘alaba ularga qo‘shimcha kuch bo‘ladi. Oldindagi bahslarga ijobiy impuls beradi. Musobaqadagi holatdan kelib chiqib, bizni boshqacharoq o‘ynashga va natija qatd etishga undadi.
- Bu g‘alaba "Olimpik"ning elitada jon saqlab qolishga imkon beradimi?
- Bu vaziyatni ham hisobga olgan edik. Keyingi turda "Andijon" bilan to‘qnash kelamiz. O‘ylashimcha, bitta g‘alaba bilan savolni yopa olmaymiz. Kamlik qilishi mumkin. Qolgan bahslarda, maksimal darajada ochko olishga intilamiz.
- "Olimpik" bo‘sh zonalardan foydalanmagandek tuyuldi?!
- Bir hafta avval o‘yin uslubimizni o‘zgartirishga qaror qildik. Ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida bu sxemani sinab ko‘rdik. To‘g‘ri, so‘nggi daqiqalarda yigitlar kerakli joyda bo‘lishda muammolarga duch keldik. Balki, o‘z uslubimizga qaytarmiz. Agar nimadir o‘xshamasa, o‘yinning o‘zidayoq 4-3-3 sxemasiga qaytib olishni reja qilgan edik. Vaziyatdan kelib chiqib o‘zgarishsiz qoldirdik.
- Ayrim epizodlarda futbolchilaringiz to‘pni uzoq ushlab qolayotgandek tuyulmayaptimi?
- Ha, buni inkor etib bo‘lmaydi. Maydon markazidagi ijrochilarimiz aldab o‘tish va keragidan ortig‘ini qila olishini isbotlagisi keladi, ammo katta futbolda ba’zan oddiy qarorlar ko‘proq naf beradi. O‘yinni tahlil qilib, kerakli ko‘rsatmalarni beramiz.
- "Andijon" bilan kelgusi turda taxminan qanday o‘yin kutyapsiz?
- Ularning "Metallurg" bilan bahsini ko‘rib chiqib, undan oldingi o‘yinlarini o‘rganib kerakli ko‘rsatmalarni beramiz.
Fikrlar