Olga Zabelinskaya jahon chempionatida 4-o‘rinni egalladi

  • 1 mart, 2020, 19:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
BEPUL PROPAN

Ushbu yo‘nalishda Olga Zabelinskaya yurtimiz sharafini himoya qildi. Keskin va murosasiz kechgan poygalarda yurtdoshimiz to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, uchinchi o‘rin egasi bilan sportimizni atigi 2 ochko ajratib turdi.

Velotrek bo‘yicha JCh.
Ayollar, ochkolar poygasi.
1. Elinor Berker (Buyuk Britaniya) – 50 ochko
2. Jennifer Valente (AQSh) – 34
3. Anita Stenberg (Norvegiya) – 33
4. Olga Zabelinskaya (O‘zbekiston) – 31

Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘nalish Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilmagan. Yurtdoshimiz omnium bahsida 19-natijani qayd etgan. Shunday bo‘lsa-da, Zabelinskaya ayollar o‘rtasida velotrek bo‘yicha jahon chempionatlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan ilk sportchi sifatida tarixda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!