Oktyabr oyi MMA muxlislarini zeriktirib qo‘ymasligi aniq

  • 16 oktabr, 2024, 19:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Mazkur oy MMA muxlislarini zeriktirib qo‘ymaydi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Chunki oktyabrda bir qator ajoyib turnirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Tecno

18 oktyabr kuniyoq 4 ta turnir tashkil qilinadi. Jumladan, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida "Open FC 47", Sochida "AMC Fight Nights 125" bo‘lib o‘tadi. AQSh da esa "CFFC 137" va "LFA 194" musobaqalari o‘tkaziladi.

19 oktyabrda esa MMA muxlislarini 6 ta katta jang kechalari kutib turibdi. Ular Qozog‘istondagi "Naiza 68", Ispaniyadagi "Brave CF 89", Chexiyadagi "KSW 99" , Saudiya Arabistonidagi "PFL Battle of the Giants", AQSh dagi "UFC Vegas 99" va Braziliyadagi "Jungle Fight 131" turnirlaridir. E’tiborlisi, "PFL Battle of the Giants" musobaqasida Frensis Ngannu - Renan Ferreyra, Kris Sayborg - Larissa Pacheko, Jonni Eblin - Fabian Edvards janglari bo‘lib o‘tadi. "UFC Vegas 99" ning asosiy to‘qnashuvida Mishel Pereyra Entoni Ernandesga qarshi  oktagonga ko‘tariladi. "Naiza 68" da esa yutdoshimiz Humoyun To‘xtamurodov eronlik Aliriza Shariati bilan kurash olib boradi.

21 oktyabr kuni Rossiya poytaxti - Moskvada "MMA Series 85" turniri o‘tkaziladi. Unda hamyurtimiz Bobur Abrayqulov mezbonlar vakili Oleg Belozerovga qarshi jang qiladi.

22 oktyabr kuni "UAE Warriors 55" musobaqasida Xotambek Boynazarov ozorbayjonlik Tahir Abdullaev bilan to‘qnash keladi.

26 oktyabr kuni BAA ning Abu-Dabi shahrida "UFC 308" turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu kechada Iliya Topuriya - Maks Hollouey, Xamzat Chimaev - Robert Uittaker, Magomed Ankalaev - Aleksandr Rakich va boshqa jangchilarning super to‘qnashuvlarini tomosha qilishingiz mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!