OKMK navbatdagi nazorat bahsida durang o‘ynadi

  • 22 yanvar, 21:05
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing keyingi mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan OKMK klubi navbatdagi nazorat o‘yinida ishtirok etdi.

Tecno

Jamoa navbatdagi bahsda Rossiyaning "Ural" klubigaa qarshi bahs olib bordi. Dubayning "Jebel Ali Sport Centre" stadionida o‘tgan mazkur bellashuvda tomonlar kuchi teng keldi - 1:1.

"Konchilar" safida yagona golga 49-daqiqada Aysarov mualliflik qilgan bo‘lsa, raqib jamoadan Kuznetsov 63-daqiqada javob qaytardi.

Ma’lumot uchun, OKMK BAAdagi dastlabki nazorat o‘yinida TsSKA bilan kuch sinashgan. Yakunda moskvaliklar 1:4 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!