OKMK "Buxoro"ga qarshi. Ustunlik kimda?

  • 6 mart, 23:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2025 yilgi Superliganing dastlabki turi 7 mart kuni OKMK – “Buxoro” uchrashuvi bilan boshlanadi.

Tecno

Ulug‘bek Baqoev jamoasini pro ligadan Superligaga qaytarishga erishdi va endi Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMKga qarshi maydonga tushadi.

Hozirga qadar bu klublar chempionatda 26 ta o‘yinda ro‘baro kelishgan. OKMKda 12 ta, “Buxoro”da 9 ta g‘alaba bor. 5 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 44\29 olmaliqliklar foydasiga.

Oxirgi bor klublar 2023 yili to‘qnash kelishgan va har ikkala bahsda OKMKning qo‘li baland kelgan.

“Buxoro” OKMK maydonida 2 ta g‘alabaga erishgan va 4 bor durang qayd etib, 7 bor yutqazgan. “Buxoro” oxirgi bor Olmaliqdan 2016 yili g‘alaba bilan qaytgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!