Og‘ir atletika. Yoshlar terma jamoamiz Jahon chempionatiga puxta hozirlik ko‘rmoqda

BEPUL PROPAN

Joriy yilning 22-26 may kunlari Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Ayni kunlarda Jo‘rabek Zoirov boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz Chirchiq shahrida ushbu dunyo birinchiligiga puxta tayyorgarlik olib bormoqda.

Ta’kidlash kerakki, Limadagi musobaqada 6 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qilishi rejalashtirilgan:

Erkaklar
Ruslan Rahmatjonov (-81 kg)
Bekzod G‘ofurjonov (-89 kg)
Omadillo Olimov (+102 kg)

Ayollar
Lyudmila Elefteriadi (-55 kg)
Marjona Abdumutalova (-59 kg)
Dilnoza Fayzullaeva (-71 kg)

"Oldimizda muhim musobaqa turibdi. Jahon chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishni maqsad qilganmiz. Hozirda mashg‘ulotlar Chirchiq shahrida olib borilmoqda. Sportchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Mashg‘ulotlarda asosiy urg‘uni sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligini oshirishga qaratganmiz. Jahon chempionatida 6 nafar sportchi bilan ishtirok etish rejalashtirilgan. Yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytish hammamizga nasib qilsin", - dedi yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jo‘rabek Zoirov.

Sports.uz muxbiri Baxtiyor Toshtemirov suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!