Og‘ir atletika. Osiyo chempionatining yana 3 medali muborak

CHERY AUTO

Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bo‘ldi.

Tecno

Navbatdagi kunda 71 kg vazn toifasidagi vakillarimiz 3 ta medal qo‘lga kiritdi. Xususan, dast ko‘tarish mashqida Dilnoza Fayzullaeva 82 kg bilan, siltab ko‘tarishda esa Gulshodaxon Dadamirzaeva 97 kg bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ikki kurash natijalari bo‘yicha Dilnoza Fayzullaeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ushbu medallar bilan hamyurtlarimizni tabriklaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!