
Og‘ir ahvolda olib ketilgan Neymar bo‘yicha tezkor ma’lumot
Frantsiya chempionatining 24-turida musobaqa peshqadami PSJ kuchli raqiblaridan “Lill” bilan kuch sinashib, 4:3 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida gol urgan Neymar 51-daqiqada og‘ir jarohat olib, tibbiyot xodimlari nazoratida maydondan olib ketildi.
Braziliyalik yulduz tezkor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tekshiruv natijasida 31 yoshli to‘purarning to‘pig‘ida paylari shikastlangani aniqlandi. Sinish alomatlari yo‘q.
Shunga qaramay, bu jarohat ham og‘ir hisoblanadi. Neymar maydonga qaytish uchun ma’lum muddat davolanishi talab etiladi.
Fikrlar