OFK vakillari "Bunyodkor" akademiyasini ko‘zdan kechirdilar

  • 31 may, 22:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) baholash komissiyasi "Bunyodkor" futbol akademiyasiga tashrif buyurishdi. 

Tecno

Akademiya infrastrukturasi, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Xususan, bolalar yotoqxonasi, sport zallari, suv havzasi, tibbiyot, psixologiya,  analitika bo‘limlari, sport bo‘limidagi murabbiylarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.

Tashrifning ikkinchi qismida akademiyamizga AFC tomonidan berilgan 2 yulduzcha uchun talab etilgan hujjatlar bilan tanishib, akademiya faoliyatiga yuqori baho berishdi hamda bir qancha taklif va tavsiyalar bilan o‘rtoqlashishdi.

Bunday e’tirof "Bunyodkor" futbol akademiyasidan hali yana ko‘plab jahon darajasidagi futbolchilar chiqishiga dalil bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!