O‘FAda mutaxassislar ishlaydi. Men ularga to‘liq ishonaman
Bir necha kun avval karantindan keyingi futbol borasida sport jurnalistlari va sharhlovchilarning fikr-mulohazalarini taqdim etgandik. Endi esa murabbiylarning qarashlari va taxminlarini havola qilamiz.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi hamda Superligada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar karantindan keyingi o‘zbek va xorij futboli, undagi o‘zgarishlar, Superligani qanday o‘tkazish bo‘yicha taklif, Evropada chempionatlarning davom etishi nimaga bog‘liqligi, ligalarda chempionni kay tarzda aniqlash xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishdi. Bu gal “Metallurg” klubi bosh marubbiyi Andrey Shipilovning fikrlarini taqdim etamiz.
Vadim Abramov: Chempionatni dekabrgacha cho‘zish mumkin-ku, qishgacha o‘ynasak bo‘ladi

Andrey Kanchelskis - futboldagi o‘zgarishlar, Superliga bo‘yicha taklif, kuchli beshlikning davom etishi nimaga bog‘liqligi, ligalarda g‘olibni kay tarzda aniqlash borasida
- Karantindan keyin o‘zbek va xorij chempionatlarida, albatta, o‘zgarishlar bo‘ladi. Qandayligini esa vaqt ko‘rsatadi.
Hech kim, hech qachon bunday holatga tushmagan. Jamiyat birinchi marta shunday muammoga duch keldi. Sog‘lik kerak. Ayni paytda bu eng muhimi.
Superligani qanday davom ettirish? Futbol assotsiatsiyasida mutaxassislar ishlaydi. Men ularga to‘liq ishonaman. Biz O‘FAdagilar qabul qilgan qarordan kelib chiqib ishlaymiz.
Ichki birinchiligimiz, ya’ni Superligada endigina uchta tur o‘ynaldi. Bunday vaziyatda assotsiatsiya maqbul qarorni qabul qiladi, - dedi Andrey shipilov.



Fikrlar