
OChL. OKMKning musobaqadagi umumiy ishtirokiga nazar solamiz!
Olmaliqning OKMK klubi rasman Osiyo chempionlar ligasidagi yurishini yakunladi. Jamoa guruh bosqichidagi 6 ta o‘yinning birortasida ochko ishlay olmadi. Olti uchrashuvda olti mag‘lubiyat qayd etildi. To‘plar farqi - 5:22.
1-saralash bosqichida "Al-Sib" 1:0 hisobida mag‘lub etilgan bo‘lsa, 2-saralash bosqichida "Al-Arabi" xuddi shu hisobda taslim etildi.
Guruh bosqichiga chiqqan olmaliqliklar dastlab "Al-Ittihod"ga 3:0, so‘ngra "Eyr Fors"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 3-tur "Sepaxon" Olmaliqda g‘alabani ilib ketdi - 1:3.
4-tur Mirjalol Qosimov shogirdlari uchun o‘ta ayanchli yakun topdi. Jamoa "Sepaxon"ga Eronda o‘ta sharmandali 9:0 hisobida engildi. "Al-Ittihod"ni o‘z uyida qabul qilgan "konchilar" bu safar ham saudiyaliklardan ochko ola bilmadi - 1:2. Bugun esa so‘nggi bahs "Eyr Fors" bilan kuch sinashdi va 3:2 hisobida yutqazdi.
Quyida barcha natijalar bilan rasmda tanishish imkoniyatiga egasiz!
Fikrlar
Миржалол бунака шарманда бу́лмаган ,буни устига Мамлакатимиз умумий жамгармасига 0 очко келтирди