
OChL. "Nasaf" etakchisi turnirning eng yaxshi futbolchilari uchligida! (foto)
Osiyo Chempionlar ligasida 2-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.
G‘arbiy mintaqadagi 5 ta guruhda barcha uchrashuvlar o‘tkazildi va ularda faqatgina 2 jamoa ochko yo‘qotmadi. Ulardan biri amaldagi chempion "Al-Hilol" bo‘lsa, boshqasi "Al-Shabab" hisoblanadi.
"Sofascore" portali mazkur bellashuvlar uchun futbolchilarga reyting ballari taqdim etdi. Quvonarlisi, bu borada "Nasaf" etakchisi Marko Stanoevich kuchli uchlikka kirgan. U 2-tur bahsida dublni nishonlagandi.
Top-10dan Bernard, Ever Banega, Salmon Al-Faraj kabi mashhur nomlar o‘rin egallagan.
Fikrlar