OChL. Mag‘lubiyatga uchragan AGMK turnir jadvalida qaysi o‘ringa joylashdi? (Foto)

  • 19 aprel, 2021, 15:36
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich uchrashuvlari markazlashgan holda o‘tkazilmoqda. Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Paxtakor" va AGMK ikkitadan o‘yin o‘tkazdi.

Tecno

Olmaliqliklar bu tur Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan kuch sinashdi va 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Natijada Mirjalol Qosimov shogirdlarining imkoniyati pasaydi.

2-o‘yindan so‘ng, "A" guruhida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" va Tojikistonning "Istiqlol" klublari peshqadamlikni qo‘lga oldi. Avvalgi turda 2-o‘rinni band etgan olmaliqliklar bir pog‘ona pastlashdi. Jaloliddin Masharipov faoliyat yuritayotgan "Shabab Al-Ahli" esa oxirgi o‘rinda.

Quyida OChL "A" guruhi 2-turdan so‘ng turnir jadvali qay ko‘rinishda ekanini bilishingiz mumkin:

EzS0OYAVoAArZOh  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!