
“Nyukasl”dan yana bir mashhur murabbiy yuz o‘girdi
“Nyukasl” saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin bosh murabbiy Stiv Bryus iste’foga chiqarilgan edi.
Klub rahbariyati anchadan beri uni o‘rniga munosib mutaxassis topa olmayapti. Aniqrog‘ini aytganda, Antonio Konte, Zinedin Zidan, Erik ten Xag, Jon Terri kabi taniqli mutaxassislar “qarg‘alar”ni boshqarishga ko‘nmadi.
Oxirgi paytda “Nyukasl” xo‘jayinlari “Vilyarreal” bilan ishlari yurishmayotgan Unai Emeri Angliyaga kelishi kutilayotgan edi. Biroq ispaniyalik murabbiy ham muzokaradan so‘ng nyukaslliklar taklifini qabul qilmadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Unai Emeri ham klubda puxta ishlab chiqilgan rivojlanish rejasi yo‘q va bu holatda jamoani grand klublar qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi.
Buyog‘iga “Nyukasl” ro‘yxatida birgina yosh murabbiy Eddi Xau qoldi. Uning boshqaruvidagi “Bornmut” 2020 yilning yozida Angliya premer-ligasidan tushib ketganidan keyin bu mutaxassis ham ishsiz yuribdi.
Fikrlar