
"Nyukasl" ustozi: Bu uchrashuvla bizga tajribamiz yordam beradi
“Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Xau “Barselona”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvdan oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bu tarixiy o‘yin. Qur’a natijalarini ko‘rganimda, menda g‘alati his-tuyg‘u paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng biz bor e’tiborimizni taktikaga qaratdik. Bugun ajoyib o‘yin bo‘lishiga ishonaman. Chempionlar Ligasi o‘yinlarida sodir bo‘ladigan hamma narsa odatdagidan farq qiladi. Bu uchrashuvda tajribamiz bizga yordam berishi mumkin. Ikki yil ichida jamoamiz tarkibi o‘zgarib, yanada kuchaydi. Men bu bellashuvda jamoamizga to‘lik ishonaman.
Afsuski, Lamin Yamal jarohat sababli bugungi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Yosh iqtidorli futbolchini bu uchrashuvda maydonda ko‘ra olmasligimiz achinarli. Ammo “Barselona” ning qanotlarida boshqa iste’dodli o‘yinchilar ham bor”,- dedi angilyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bugun Chempionlar Ligasining 1-tur doirasida “Nyukasl” va “Barselona” o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu baxs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar