
Nur-Sulton shahrida yana kumush va bronzaga ega bo‘ldik
Ma’lumki, Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati qizg‘in tusga kirib bormoqda. Xabaringiz bor, erkin kurash bo‘yicha 45 kgda gilamga chiqayotgan yurtdoshimiz Nodirbek Yoqubov finalga yo‘l olgandi. Afsuski, so‘ngi bellashuvda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘yib, kumush medal bilan kifoyalandi. 48 kgda bronza medali uchun baxs olib borgan hamyurtimiz Kamronbek Qadamov esa, hindistonlik raqibini mag‘lub etib, sovrindorlar qatoridan joy oldi. Bugungi kun dasturida yana bir nechta kurashchilarimiz sovrinli o‘rinlar uchun gilamga chiqishadi.
Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring!
Fikrlar