Noyer yirik g‘alabadan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
Bundesliga 5-turidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Verder" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Manuel Noyer g‘alaba haqida fikrlarini bildirdi.
"Biz ustunlik qildik va qiyinchiliksiz g‘alaba qozondik. Agar vaziyat taqozo etsa, bir nechta gol urishga qodir ekanimizni hamma biladi. Biroq, bu unchalik oson emas, shuning uchun biz ishimizni davom ettirishimiz kerak", - dedi germaniyalik darvozabon.
Ma’lumot uchun, besh turdan so‘ng Vensan Kompani shogirdlari 15 ochko jamg‘arib, Germaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
- Germaniya - Bundesliga
- Joriy Mavsum
Bavariya
- Jonathan Tah 22'
- Harry Kane 45'
- Harry Kane 65'
- Konrad Laimer 87'
Tugadi
4
:
0
26.09.2025 23:30



Fikrlar