
Norvegiyalik biatlonchilarning qishki Olimpiadada qatnashadigan tarkibi e’lon qilindi
Biatlon bo‘yicha Norvegiya terma jamoasi murabbiylar shtabi yana bir necha kundan so‘ng start oladigan navbatdagi qishki Olimpiadada ishtirok etadigan tarkibni e’lon qildi. Reglamentga muvofiq, belgilangan 6 kvotada ayni damda ushbu terma jamoaning eng kuchli sportchilarini ko‘rishimiz mumkin.
Sprint poygasida Yoxannes Bo, Tarey Bo, Emil Xegle Svensen va Erlend Bontegord ishtirok etishadi. Individual poygada esa Bontegardning o‘rnini Lars Xelge Birkeland egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, Rupoldingdagi jahon kubogi bosqichi yakuni bo‘yicha afsonaviy biatlonchi Ule-Eyner Byorndalen ichki raqobatda mag‘lub bo‘lib, murabbiylarining ishonchini qozona olmagan edi.
Fikrlar