
Nodirbek Abdusattorov uchun kun omadsiz bo‘ldi (natijalar)
Xabar berib o‘tganimizdek, Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo‘yicha "Tata Steel Chess Indian 2022" musobaqasi rapid yo‘nalishi bahslari favom etmoqda. Unda ishtirok etayotgan hamyurtimiz GM Nodirbek Abdusattorov uchun bugungi kun unchalik ham omadli bo‘lmadi.
Shaxmatchimiz 4-turda GM Vidid Santosh va 5-turda GM Gukeshga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, kunning so‘ngi 6-turida GM Seturamani mag‘lub etdi.
6 tur yakuniga ko‘ra, 2,5 ochko jamg‘argan hamyurtlarimiz turnir jadvalida 9-pog‘onaga tushib ketdi.
Hozirda Hindiston vakili GM Nihal Sarin 4,5 ochko bilan jadvalda peshqadamlikni o‘z qo‘liga olgan bo‘lsa, yana bir mezbon shaxmatchi GM Arjun Erigasi 3,5 ochko bilan, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 2-o‘ringa joylashgan. Huddi shuncha ochkoga ega Ozarbayjon vakili GM Shahriyar Mamedyarov hozircha kuchli uchlikni yakunlab bergan.
Ertaga musobaqa rapid yo‘nalishining so‘nggi 7-9 tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar