Nihoyat, “Nyukasl”ga bosh murabbiy topildi

  • 5 noyabr, 2021, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni investorlari qo‘liga o‘tgan “Nyukasl” bir necha hafta davomida jamoaga bosh murabbiy qidirdi.

Tecno

“Qarg‘alar” autsayder jamoani grandlar safiga qo‘shishga qodir murabbiy qidirib,  “Ayaks” ustozi Erik Ten Xag, Belgiya terma jamoasini boshqarayotgan Roberto Martines, “Reynjers”ni chempion qilgan Stiven Jerrard, yaqinda “Tottenxem”ni qabul qilgan Antonio Konte, “Vilyarreal”ni oyoqqa turg‘azishga bel bog‘lagan Unai Emeri, shuningdek, ishsiz yurgan mutaxassislar Jennaro Gattuzo, Paulu Fonseka, Zinedin Zidan, Lyusen Favrga murojaat qilib, rad javobini oldi.

Nihoyat ro‘yxatdagi so‘nggi nomzod – britaniyalik mutaxassis Eddi Xau “Nyukasl”da ishlashga rozilik berdi. Ma’lumotlarga qaraganda, klub mutasaddilari uni bosh murabbiy etib tayinlash bo‘yicha hujjat ishlarini yakunlash arafasida.

43 yoshli mutaxassis nyukaslliklar bilan 2024 yilning yarmigacha shartnoma imzolashidan boshqa ma’lumotlar berilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!