
Niderlandiya "klasiko"si qachon o‘tkazilishi ma’lum
Niderlandiya chempionatining markaziy uchrashuvlaridan biri hisoblangan "Feyenoord" - "Ayaks" bahsining qayta o‘tkazilish sanasi ma’lum bo‘ldi.
Rotterdam meri Ahmad Abutolib mazkur o‘yin 30 sentyabr sanasida bo‘lishini rasman tasdiqladi. Yangi sana Rotterdam munitsipaliteti bilan maslahatlashilganidan keyin belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur bellashuv Niderlandiyadagi ayrim shahar va tumanlardagi kasaba uyushmalari ish tashlashi tufayli majburiy ravishda bekor qilingan edi. Ya’ni, huquq-tartibot idoralari xodimlari nafaqaga chiqish uchun yaxshi sharoitlarni talab qilib, hattoki o‘yinlar bo‘ladigan kuni stadionlarga borishdan bosh tortgan edilar.
Fikrlar