
Neymarni ketkazish Mbappega emas!
PSJ hujumchisi Neymar keyingi mavsumda ham Frantsiya klubida qolmoqchi ekanligini aytib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq braziliyalik futbolchi yozda "Park de Prens" egalari safini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Men PSJda qolmoqchiman. Ha, OAVda turli xil xabarlar o‘qidim, biroq, menga hech kim hech narsa demadi. Ammo ishonch bilan ayta olamanki, keyingi mavsumda ham faoliyatimni shu erda davom ettiraman”, - deya braziliyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi "Oh My Goal".
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017 yilning yozida Kataloniyaning "Barselona" jamoasidan PSJga o‘tgan edi. Parij klubi braziliyalik futbolchini 222 million evro evaziga xarid qilgan.
Fikrlar