KO‘JCh. Husanov asosiy tarkibda tushgan o‘yinda "Manchester Siti" raqibini "yanchib tashladi"

  • 23 iyun, 07:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 2-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Al-Ayn" klublari ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. Uchrashuvda Xosep Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" Birlashgan Arab Amirligi klubini yirik 6:0 hisobida mag‘lub etdi. 
 
Dastlab bellashuvning 8-daqiqasida Gyundongan hisobni ochdi. 27-daqiqada esa Echeverri ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yib, oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Bo‘lim so‘nggiga kelib, Erling Xoland 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni yiriklashtirib qo‘ydi. Ikkichi bo‘limning 70-daqiqasiga kelib, Gyundogan gol urgan holda, dublni rasmiylashtirdi. Oradan 14 daqiqa o‘tib, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Oskar Bobb ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shu bilan birga, yozda jamoaga kelib qo‘shilgan Rayan Sherki 89-minutda gol urib, hisobni yiriklashtirib tashladi. 
 
Milliy terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov esa o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 61 daqiqa harakat qildi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!