
Zo‘r-ku! “Roma” Shomurodovga qancha narx belgiladi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r hujumchisi Eldor Shomurodovning klublar miqyosidagi faoliyatida yana o‘zgarish qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Mavsumning ikkinchi yarmini yuqori darajada o‘tkazgan o‘zbekistonlik legionerga Italiyadan tashqaridan jiddiy chorlovlar bo‘lmoqda. Shomurodovga birinchi bo‘lib, AQSh klublari e’tibor qaratgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Keyinchalik bu gap-so‘zlar tindi. Hozir Eldorga Turkiya va Frantsiyadan yuborilgan takliflar qizg‘in muhokamalar markazida bo‘lib turibdi.
Gap shundaki, “Roma” klubi UEFAning moliyaviy feyr-pley talablarini buzmasligi uchun tez kunlarda jamoaga kamida 10 million evro kirim qilishi kerak. Zarur mablag‘ni tez topishning eng maqbul yo‘li o‘yinchi sotishdan iborat.
“Roma” futbolchilari orasida Eldorning bozori chaqqon. Turkiya superligasi vakili “Bashakshehir” 29 yoshli forvardni olish maqsadida rimliklarga rasmiy taklif ham yubordi. Italiya manbalari turklar avvaliga 7 million evro atrofida badal puli to‘lash masalasini o‘rtaga tashlagan.
Orada Shomurodov uchun Frantsiyaning “Renn” klubi qo‘shilganidan keyin turklar o‘z taklifiga yana bir million qo‘shdi.
“Roma” faoliyatini yoritayotgan manbalar Eldor atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda va so‘nggi ma’lumotlarni muxlislar e’tiboriga havola qilyapti.
- Oxirgi haftada Eldor Shomurodovning kelajagini Turkiya bilan bog‘lanayotgan edi. Chunki “Bashakshehir” jamoasi “Roma”dan hujumchining huquqini sotib olish bo‘yicha taklif yuborgan. Biroq Frantsiya klubi “Renn” tomonidan ham transfer bo‘yicha aniq harakatlar boshlandi.
Nufuzli manbalar, xususan, Gazzetta dello Sport Shomurodov “Roma”ga zarur bo‘lgan 10 million evroni haznaga tushishini kafolatlovchi asosiy nomzod ekanini ta’kidlamoqda. Shu orqali kluyu UEFA oldidagi masalasini yopish imkoniga ega bo‘ladi.
“Roma”ning yangi sport direktori Federiko Massaraning sobiq klubi “Renn” yaqinda Entso Le Feni rimliklardan transfer qilgan edi. Endi ular navbatdagi transfer bo‘yicha ham aniq taklif bilan chiqdi.
Rim klubi mutasaddilari o‘zbek hujumchisini 10 million evroga baholamoqda. Agar vaziyat taqozo etsa, ular bu talabini biroz pasaytirishi mumkin. Shunda Eldor Shomurodov transferlar bozorini ochib beradigan kalit vazifasini bajaradi, - deb yozdi siamolaroma.it sayti.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov Evropaning eng kuchli besh chempionatidan biri hisoblangan A Seriyadagi faoliyatini 2020 yili oktyabrdan boshlagan. Datslabki mavsumida Italiyaning eng qadimiy jamoasi “Jenoa” sharafini himoya qilgan legionerimiz keyin “Roma”ga ko‘chib o‘tgan.yu orada bir yarim mavsum “Spetsiya” va “Kalyari”da ijarada o‘ynaydi.
Yakunlangan mavsum oxirida Eldor Shomurodov “Roma” bilan amaldagi shartnomasini 2027 yilning yarmigacha uzaytirdi. Transfermark portali ekspertlari Eldor Shomurodovning summasi bir million evroga ko‘tardi va hozir hamyurtimizning transfer narxi besh million evroni tashkil qilmoqda.
Husanovning uzoq kutilgan o‘yini qanday baholandi?
Husanov bir soatda jahon futboli tarixiga kirdi
Husanov o‘rniga “Jumavoy”!
Shomurodov kuchayib ketdi...
“Top-5” yoki Turkiya: Shomurodov qaysi jamoani tanlagani ma’qul?
Ronaldu Masharipovga: Nima, sen Messining muxlisimisan?!
Fayzullaev “Real” va “Barsa”ni tanladi!
Legionerimiz Evropada yurish qilishga tayyor!
Fikrlar