
“Neymar yo‘qol!”
PSJ fanatlari jamoa hujumchisi Neymarning uyi oldida norozilik namoyishi o‘tkazdi.
Manbalarning ta’kidlashicha, ashaddiy muxlislar braziliyalik futbolchiga jiddiy e’tirozlarni bildirib, “Neymar yo‘qol!”, deb hayqirgan.
Avvalroq, jamoa natijalaridan norozi muxlislar klub qarorgohiga borib, namoyish o‘tkazgan edi. Ular Lionel Messi, Neymar, bosh murabbiy Kristof Galte va klub xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiyni haqorat qilib baqirgan.
Neymar 2017 yildan beri PSJ sharafini himoya qilmoqda. Har mavsum 50 million evro atrofida maosh olayotgan futbolchi jamoaning azaliy orzusi – Chempionlar ligasi bosh sovrini olib bera olmayapti.
Neymar joriy mavsum barcha turnirlarda 29 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 17 ta assist rasmiylashtirdi. Hozir 31 yoshli futbolchi jarohatini davolatish bilan band.
Fikrlar