Neymar terma jamoa sardorlik bog‘ichidan mahrum etildi

  • 28 may, 2019, 16:44
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar Kopa Amerika uchun Braziliya terma jamoasining qaydnomasidan o‘rin oldi. Ammo u terma jamoa sardorlik bog‘ichidan mosuvo etildi. Endilikda "pentakampeonlar"ni Dani Alves maydonga boshlab tushadi.

Tecno

"Amerika kubogida sardor tajribali himoyachi Dani Alves bo‘ladi. U Kopa Amerikaga jalb etilgan futbolchilar orasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan (135 ta) futbolchi sanaladi. Alves so‘nggi bor 2018 yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan Germaniyaga qarshi bahsda Braziliyani sardor sifatida maydonga boshlab tushgan edi", - deyiladi mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy saytida chiqqan xabarda.

Ma’lumot uchun, Kopa Amerika 14 iyun kuni Braziliya hamda Boliviya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan start oladi. "Seleaso"ning guruhida shuningdek, Venesuela hamda Peru terma jamoalari ham o‘rin olgan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
махмуда Джураева
29/05/2019 18:12
Касал бу бола. На Роналду, на Месси даражасига етолди. Лекин халитдан касал. Одам ачинадией.