
Neymar PSJdan ketmoqchi emas
PSJ klubi forvardi Neymar yaqin orada parijliklar safidan ketmasligini ma’lum qildi. Bu haqda France Football xabar tarqatmoqda.
“Nega ketishim kerak? Meni yana 2 yil shartnomam bor, jamoa rivojlanmoqda. Mavsum davomida ko‘proq musobaqalarda g‘olib chiqishimiz uchun bor kuchimizni berishimiz kerak. Maqsadimiz – Chempionlar ligasi.
PSJ men uchun birinchi o‘rinda va men har hafta bor kuchimni beraman”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Chempionlar ligasining 1/8 finalida “Borussiya” Dortmundga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar