
Neymar PSJdan ketishini oshkor qilib qo‘ydi
PSJ hujumchisi Neymar yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar Parijni tark etmoqchi ekani oshkor bo‘ldi.
31 yoshli braziliyalik futbolchi klubning ijtimoiy tarmoqlaridan biriga joylashtirilgan o‘zining profilini o‘chirib tashladi. Bu profilda Neymar PSJ o‘yinchisi sifatida qayd etilgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Neymar sobiq jamoasi “Barselona”ga ko‘chib o‘tishni istayapti. Mohir hujumchi bu klubda 2013-2017 yillar davomida to‘p tepgan.
PSJ Neymarning transferi uchun 222 million evro saflagan edi. Bu ko‘rsatkich hozirgacha mutlaq rekord hisoblanadi.
Fikrlar