Neymar PSJ bilan muzokarani to‘xtatib, o‘ziga yangi jamoa tanladi

  • 7 may, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik hujumchi PSJ rahbariyati bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazayotgan va bitimni imzolashga yaqin edi.

Tecno

Biroq, Neymar bu fikridan qaytdi. Bunga  bir necha omil sabab bo‘ldi. Birinchidan, PSJ o‘zi orzu qilgan Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritolmadi. Parijliklar yarim finaldan o‘tolmadi.

Ikkinchidan, “Barselona” Neymarga qiziqayotgani va uning transferi uchun 100 million evro to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqaldi.

Neymarga ta’sir qilgan uchinchi omil Lionel Messining “Barselona” bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turgani bo‘ldi. Neymar anchadan beri argentinalik hujumchi bilan yana birga o‘ynamoqchi. Hatto, u Messi bilan bir necha marotaba bog‘lanib, uni Parijga taklif qilgandi.

Neymar joriy mavsumda barcha turnirlarda 27 ta uchrashuv o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 10 ta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!