Neymar onlayn kazinoda millionlarni havoga uchirib, efirda yig‘lab yubordi

  • 30 mart, 2023, 15:38
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda, jarohat olgani sababli katta futboldan chetda qolgan Neymar shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda to‘xtovsiz ko‘rinish bermoqda. Fevral oyi oxirlarida jarohat olgani bois, futbolchi operatsiya stoliga yotishga majbur bo‘lgani yodingizdan ko‘tarilmagani aniq.

Tecno

Qatar 2022 Croatia vs Brazil 1 1 (pen 4 2) 087 - 961x1442

Hozir vaqtini chog‘ o‘tkazish bilan band bo‘layotgan futbolchi strimlaridan birida shov-shuv ko‘tardi. Uni yaxshi biladigan yaqinlari bu braziliyalikning eng ojiz nuqtasi ekanligini, Neymar ko‘pincha katta summalarni boy berishini ko‘p bor ta’kidlagan. O‘sha kuni ham bu voqea takrorlandi, biroq bu safar macshtab kattaroq bo‘lib chiqdi. Onlayn Kazinodagi sarguzashtlarini strim ko‘rinishida o‘z kuzatuvchilari bilan internetda bo‘lishayotgan futbolchi

E’tiborlisi, futbolchi strim boshlaganiga 2 soat bo‘lmasidan turib, 1 million evro yutqazib qo‘ydi. Uning bu holatga bildirgan reaktsiyasi esa, darrov memlarga aylandi. Biroz rol ijro etgach, keyin hujumchi maza qilib raqsga tushdi. Uning 1 million evroni bu qadar osonlik bilan havoga uchirganini ko‘rgan strimda uni tomosha qilayotganlar shok bo‘lgani aniq.

Qatar 2022 Croatia vs Brazil 1 1 (pen 4 2) 088 - 1280x853

PSJ forvardi esa, o‘z omadsizligini ustidan kulib, onlayn Kazinoni tark etgani yo‘q. Bu voqea ko‘p o‘tmay, oav tomonidan juda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, Parij klubi ishqibozlari futbolchining adresiga haqoratli so‘zlarni yog‘dirib tashladi. Agar futbolchining maoshini hisoblasak,u 2 soatda yo‘qotgan 1 million evro pulni 5-6 kunda ishlab topishga qodir. Bu, Neymar Junior uchun deyarli sezilmay ketgan xarajatdek gap.

Sizning bu vaziyatga munosabatingiz qanday? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!