Neymar nega “Barsa”ga qaytmoqchiligi sababi oshkor bo‘ldi

  • 3 mart, 12:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum yakunlanganidan keyin yozda Neymarning “Barselona”ga qaytishi eng shov-shuvli transferlardan biri bo‘lishi mumkin.

Tecno

Dastlab, braziliyalik yulduzning Kataloniyaga kelishi imkonsizdek tuyulgandi. Lekin tomonlar o‘tkazgan dastlabki muzokaralardan keyin transferni amalga oshirish imkoni paydo bo‘ldi.

The Athletic nashri ekspertlari Neymar “Barselona”ga kelish harakatida ekanini tasdiqlab, 33 yoshli futbolchi bundan ikkita maqsadni ko‘zlayotganini aniqlashdi.

Manbaga ko‘ra, Neymar 2026 yili Amerika qit’asida bo‘ladigan jahon chempionatiga aynan “Barselona”da puxta tayyorgarlik ko‘rmoqchi.

Bundan tashqari, braziliyalik yulduz yangilangan “Kamp Nou”da to‘p tepib, klub tarixidan joy olishni mo‘ljallagan.

Ayni paytda o‘zini tarbiyalagan “Santos”da vaqtincha to‘p tepib turgan mashhur hujumchi 2013-2017 yillar davomida “Barselona” sharafini himoya qilgan. U kataloniyaliklar tarkibida jami 186 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 105 ta gol va 76 ta assist yozdirib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!