Neymar kelsa, hammasi rasvo bo‘ladi

  • 7 avgust, 2023, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar Parij klubini tark etib, faoliyatini “Barselona”da davom ettirishga harakat qilayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Tecno

El Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “Barselona” murabbiylar shtabi braziliyalik hujumchini jamoaga qaytarish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamayapti.

Bosh murabbiy Xavi Ernandes futbolchilik davrida Neymar bilan birga o‘ynagan va shu bois braziliyalik o‘yinchining mahoratiga hech qanday shubha bildirmaydi. Biroq, ispaniyalik murabbiy Neymarning kelishi ichki muhitni izdan chiqarishidan xavotirda. Bunga Neymarning turli ziddiyatlar, janjallar va to‘polonlarni keltirib chiqarishga moyilligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Neymar 2013-2017 yillar davomida “Barselona” futbolchisi bo‘lgan. Bu muddat ichida kataloniyaliklar safida 186 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 105 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 76 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!