Neymar: Fitna chiqarish niyatim yo‘q!

  • 16 aprel, 2021, 14:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasida “Bavariya”ni musobaqadan chiqarib yuborgan PSJ jamoasi yulduzi Neymar jamoasi muvaffaqiyatini hissiyotga berilgan holda, raqib futbolchisi Yozua Kimmix qarshida sakrab nishonladi.

Tecno

Keyinroq, braziliyalik hujumchi o‘z harakatlariga izoh berdi.

- Fitna chiqarish niyatim yo‘q. Men jamoamiz muvaffaqiyatini nishonlashni istagandim va oldimda Leandro Paredes turgandi. Unga ko‘zim tushdi va biz hissiyotga berildik. Bu uchrashuvdan oldin o‘zining jamoasi zo‘rligini maqtab, keyingi bosqichga chiqishini iddao qilgan Kimmix qarshisida ro‘y bergani shunchaki tasodif, - dedi Neymar.

Eslatib o‘tamiz, PSJ Myunxenda o‘tkazilgan safar uchrashuvida 3:2 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Parijdagi javob bahsi 1:0 natija bilan “Bavariya” foydasiga hal bo‘ldi. Biroq, safar uchrashuvidagi gol qoidasiga ko‘ra, parijliklar yarim finalga chiqdi.

Endi final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan bahsda “Manchester Siti” bilan raqobatlashadi.

Neymarning “tomi ketib qoldi”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!