Neymar faqat va faqat "Barselona"ga o‘tmoqchi

  • 27 avgust, 2019, 19:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar jamoa sport direktri Leonardo bilan suhbat o‘tkadi va unga faqatgina "Barselona"ga o‘tish istagi borligini bildirdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli braziliyalik futbolchi hamon “ko‘k-anor ranglilar” uning transferi masalasida parijliklar bilan kelishuvga erishishlariga umid qilmoqda. Buning uchun u xatto PSJ rahbariyatiga bosim o‘tkazishga ham tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Neymarga shuningdek “Real” va “Yuventus” klublaridan ham qiziqishlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!