
Neymar "Barselona"ga qaytmoqchi emas, u frantsuz tilini o‘rganishni boshladi
PSJ forvardi Neymar “Barselona”ga qaytish haqida boshqa o‘ylamayapti.
Don Balon nashri tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik futbolchi bor e’tiborini PSJga qaratgan va xatto klub muxlislari bilan yanada yaqin bo‘lish uchun frantsuz tilini o‘rganishni boshlab yuborgan. Agar u ishqibozlar bilan yaqin bo‘lib olsa, qishda parijliklar bilan shartnomasini uzaytirishi ham mumkin.
Ma’lumot uchun, Neymar joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar