Neymar 42 daqiqada 101 million evro mablag‘ topdi

  • 10 yanvar, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Hilol”ning 32 yoshli hujumchisi Neymar 2023 yilning oktyabr oyida Braziliya terma jamoasi safida og‘ir jarohat olganidan keyin bir yil maydondan tashqarida yurdi.

Tecno

Braziliyalik yulduz safga qaytganidan keyin 2024 yilning kuzida atigi ikki uchrashuvda maydonga tushib, jami 42 daqiqa o‘ynadi va yana shikastlanib, futbol o‘ynolmay qoldi.

Footmercato nashrining ma’lum qilishicha, Neymar yil davomida bor-yo‘g‘i 42 daqiqa “mehnat qilib”, yillik maoshi – 101 million evroni to‘liq oldi.

Saudiya Arabistoni klubiga 2023 yilning yozida ko‘chib o‘tgan mashhur to‘purarning shayxlar bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyun kuni yakunlanadi. Tomonlar hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!