Negreyraning o‘g‘li otasi "Barselona"dan 7,5 million olganini aytdi

  • 18 sentabr, 21:03
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

.2023 yilda "Barselona" va uning rahbariyati Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasida (RFEF) ishlagan hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga pora berishda ayblangan edi. Sud 2001-2018 yillar oralig‘ida "Barselona" Negreyraga bir necha million evro to‘laganini jinoyat deb topdi.

Tecno

Bugun ishning bir nechta figurantlari sudda ko‘rsatma berishmoqda. Ular orasida Negreyraning o‘g‘li Xaver Enrikes ham bor. U "Barselona"ga hakamlik bo‘yicha hisobotlar taqdim etgan, buni inkor etmaydi. Taxminlarga ko‘ra, Enrikes har bir hisobot uchun 6-7 ming evro olgan.

Enrikes sudda "Barselona"ning otasi bilan aloqasi borligini bilmaganini aytdi, deb yozadi Marca. Shu bilan birga, Negreyrning o‘g‘li bu aloqani "axloqqa zid" deb atadi.

Enrikesning so‘zlariga ko‘ra, otasi 2001-2018 yillarda "Barselona"dan olgan 7,5 million evro hakamlik hisobotlari uchun to‘lanmagan. Xaverning o‘zi klubdan 60 ming evro olganini aytmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!