
"Nefteximik" g‘alaba qozondi, legionerlarimiz esa...
Rossiya Milliy futbol ligasining 37-turida “Nefteximik” o‘z maydonida Tolyattining “Akron” jamoasini qabul qildi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
“Nefteximik” hujumchisi Merabi Uridiya xet-trikka erishib, jamoasining g‘alabasini ta’minlash bilan birga o‘yin qahramoniga ham aylandi.
Lekin ushbu uchrashuvda “Nefteximik” tarkibidagi legionerlarimiz maydonga tushishmadi. Vagiz Galiulin o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan bo‘lsa, Bobur Davlatov zaxirada qoldirildi.
“Nefteximik” ushbu g‘alabadan keyin 60 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar