
"Nefteximik" durang qayd etgan o‘yinda legionerlarimiz qaydnomaga kiritilmadi, sababi...
Rossiya Milliy futbol ligasining 34-turida “Nefteximik” safarda “Fakel” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Lekin mehmonlar safida hamyurtlarimiz – Vagiz Galiulin ham, Bobir Davlatov ham maydonga tushishmadi. Ular hattoki zaxirada ham yo‘q edi.
Vaziyatga oydinlik kiritish uchun sports.uz muxbiri legionerlarimiz bilan aloqaga chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, Davlatov shamollab qolgani uchun “Nefteximik” bilan o‘yinga bormagan. Galiulin esa oyog‘ining panjasiga shikast etgani sababli uchrashuvni o‘tkazib yuborgan.
“Nefteximik” navbatdagi uchrashuvni 7 aprel kuni o‘z maydonida “Shinnik” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Umid qilamizki, ushbu bellashuvgacha legionerlarimiz safga qaytishadi.
Fikrlar