
"Neftchi" o‘z stadioniga qaytdi. "Navbahor" bilan o‘yin "Istiqlol" o‘yingohida bo‘ladi
"Xabaringiz bor, sevimli "Neftchi" jamoamiz Superliganing oxirgi 2 ta bahsidan so‘ng qisqa ta’tilga chiqqan edi. Bugun esa vakillarimiz ta’tildan qaytib, 18 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tadigan vodiy derbisi ("Neftchi"-"Navbaxor" uchrashuvi)ga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun keng ko‘lamdagi qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilib, qayta ta’mirdan chiqqan muhtasham "Istiqlol" stadionida ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Mashg‘ulotlardan oldin esa jamoa rahbariyati, jumladan Farg‘ona shaxar hokimligi mutasaddilari , Farg‘ona futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, klub rahbariyati va muxlislar yangi ta’mirdan chiqarilgan "Istiqlol" stadionida jamoamiz yuksalishi va rivoji uchun qilingan ishlar xayrli bo‘lishini, mavsumdagi ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishligi va ushbu arena futbolimizning yanada rivoji va g‘alabali natijalar davomli bo‘lishini niyat qilgan xolda Qur’on tilovat qilinib, qo‘y so‘yilib ehson qilindi", - deyiladi "Neftchi" klubi matbuot xizmati bergan xabarda.
Fikrlar